Andijonda yer olib berishni va’da qilib 4 000 dollar pora olgan mas’ul xodim qo‘lga olindi

15:17 18 Iyul 2018 Jamiyat
535 0
Illyustrativ foto

Mansab vakolati uni suiiste’mol qilish uchun emas, balki xalqqa xizmat qilish uchun beriladi. Afsuski, buloqboshilik Ulug‘bek Rahmonov buni bilib turib, egallab turgan xizmat vazifasiga xiyonat qildi.

Buloqboshi tumani yer resurslari davlat kadastri boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan mas’ul xodim mansab vakolatidan foydalangan holda fuqaro Alisher Komilovga (ism-sharif o‘zgartirilgan) tuman hududidan 4 sotix yer maydoni ajratib berish va’dasi bilan 4000 AQSH dollari miqdoridagi mablag‘ni talab qilgan. Jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurash olib borilayotgan bir paytda bunday noo‘rin xatti-harakatni munosib bilmagan Alisher Davlat xavfsizlik xizmatiga murojaat qilishga majbur bo‘ldi. Bu haqda viloyatdagi muxbirimiz Saminjon Husanov huquq-tartibot idoralari ma’lumotlari tayanib xabar berdi.

Natijada olib borilgan tezkor tadbir davomida Ulug‘bek Rahmonov pora bilan qo‘lga olindi. Viloyat prokuraturasi tomonidan unga nisbatan tergov ishlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?