Andijonda elektromobillar ishlab chiqariladi

17:09 30 Iyul 2019 Iqtisodiyot
1014 0

Illyustrativ foto

Andijon viloyati Xonobod shahrida elektromobil ishlab chiqarishni tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bu Vazirlar Mahkamasining “2019 — 2022-yillarda Andijon viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida belgilab berildi.

Loyiha qiymati 1 trln. dollar deya baholanyapti. Tashabbuskor esa “Oltin yer himoya” MCHJ boʻlib, uning rahbari oʻtgan yil “Mard oʻgʻlon” Davlat mukofoti bilan taqdirlangan Shahrizod Musaboyevdir.

Mazkur innovatsion korxona 2021-yil 1-iyunda foydalanishga topshirilishi kutilyapti. Shu asosda 10 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.

Onlayn nashrimiz orqali bundan oldin ham yurtimizda bu yoʻnalishdagi loyihalar amalga oshirilishi mumkinligi haqida bir necha bor xabar bergan edik

Xususan, Janubiy Koreyaning Hyundai kompaniyasi bilan hamkorlikda Qoʻqonda, Xitoyning Henan Suda Electric Vehicle Technology Co., Ltd kompaniyasi bilan birgalikda Buxoroda elektromobil ishlab chiqarish loyihalari amalga oshirilishi mumkinligi, Chin oʻlkasining Changan Automobile Group kompaniyasi Fargʻona vodiysida uzoq istiqbolda mahalliylashtirish tamoyili ostida elektromobillar yigʻish sexini ochishni rejalashtirayotgani xususida maʼlumotlar bergandik.

Hozircha ushbu loyihalarning birortasi boshlangani haqida aniq maʼlumot yoʻq.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?