Andijonda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlariga 450 nafar harbiy xizmatchi jalb etildi

12:25 24 Sentyabr 2018 Jamiyat
774 0

“XALQ SOʻZI ONLINE”. Saminjon Husanov/Andijon. Andijon shahrining Bogʻishamol dahasida barpo etilayotgan arzon uy-joylar qurilishining 3-bosqichi davom etmoqda. Unda Favqulodda vaziyatlar vazirligining maxsus muhandis-qurilish boshqarmasida harbiy xizmatni oʻtayotgan 450 nafar askar ham faol ishtirok etmoqda.

“Boshqarmamiz Prezidentimizning 2018 yil 31 iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori asosida tashkil etilgan. Askarlarimiz “Obod qishloq” hamda “Obod mahalla” dasturlari doirasida barpo etilayotgan maskanlarda aholi turmush sharoitini yaxshilash, yurt obodligini taʼminlashda ishtirok etmoqda”, — deydi boshqarma boshligʻining oʻrinbosari, mayor Azizbek Sattorov

Aytish joizki, shu kungacha Jizzax viloyatining Mirzachoʻl tumanida uy-joylar qurilishida ishtirok etgan askarlar Andijon viloyatining Bogʻishamol dahasida 720 ta turar-joy bunyod etadilar.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?