Andijonda bir kunda 1100 kishining bandligi ta’minlandi

17:43 25 Iyun 2018 Jamiyat
547 0

Andijon shahrida viloyat ichki ishlar boshqarmasi tashabbusi bilan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi.

Viloyatdagi muxbirimiz Saminjon Husanovning ma’lum qilishicha, tadbirda 200 dan ortiq korxona, tashkilot va muassasalar o‘zida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.

“Doimiy ish joyiga ega bo‘lmaganim sababli kunlik ishlar bilan shug‘ullanib yurardim. Mahalla fuqarolar yig‘ini tavsiyasi bilan ushbu tadbirda ishtirok etib, 10-umumta’lim maktabiga bog‘bon vazifasiga ishga joylashdim. Turmush o‘rtog‘im esa 30-umumta’lim maktabida ishlaydigan bo‘ldi”, - deydi Andijon shahrilik Umidjon Fayziyev.

Shuningdek, bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilgan va ichki ishlar nazoratida turuvchi 700 nafar fuqaroning ham bandligi ta’minlandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?