Andijonda balandligi 20 qavatli binoga teng ulkan bayroq oʻrnatildi. Bunga 850 mln. soʻm sarflandi

11:33 30 Avgust 2019 Jamiyat
1546 0

Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 28 yilligi bayrami arafasida Andijon viloyatining markazida davlatimiz bayrogʻi oʻrnatildi. Uning tutqichi 64 metrdan iborat boʻlib, 20 qavatli binoga teng. Eni 14, boʻyi 7,5 metrdan iborat ushbu bayroqning ogʻirligi 33 kg.ni tashkil etadi va uni oʻrnatish ishlari uchun 850 million soʻm mablagʻ sarflandi.

Kecha oqshomda bayroqning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. “Bayrogʻimiz gʻurur va iftixorimizdir!” deb nomlangan ushbu tadbirga 3 mingdan ziyod ishtirokchilar tashrif buyurdi. Unda soʻz olganlar respublikamiz bayrogʻi millatimiz faxri va iftixori ekanligini taʼkidlashdi.

Maʼlumot uchun aytish oʻrinliki, ayni paytda respublikamizning ulkan bayrogʻi mamlakatimizning koʻplab hududlarida hilpiramoqda. Jumladan, respublikamiz poytaxti Toshkent shahrida oʻrnatilgan bayroqning balandligi 65 metrdan iborat. Shuningdek, 60 metrli bayroq Buxoroda, 35 metrlisi Namanganda, Shirin shahri va Qorakoʻl, Bektemir tumanlariga ham oʻrnatilgan. Samarqand shahrida oʻrnatilgan bayroqning balandligi 30 metrni tashkil qiladi.

Davlat bayroqlari rasman urf boʻlganiga 300-yil boʻlgan boʻlsa-da, bizning diyorda bu anʼana qadim oʻtmishga borib taqaladi. Zero, manbalarda bayon etilishicha, Buyuk Sohibqiron 1370-yilda asos solgan Turon saltanatining oʻz ramzi – Temur tugʻi va tamgʻasi joriy qilingan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?