Andijonda 5-sinf oʻquvchisi maktabga "Neksiya-3" haydab keldi

16:10 05 Oktyabr 2020 Jamiyat
3985 0

Joriy yilning 5-oktyabr kuni Andijon viloyati, Andijon shahar IIB YHXB YPX xodimi A.Yuldashev belgilangan taqsimot asosida Andijon shahar, beshinchi kichik daha hududida xizmat olib borayotgan vaqtida, xizmat joyiga yaqin boʻlgan 41-sonli maktabga, koʻrinishidan voyaga yetmagan bola “Neksiya-3” rusumli transport vositasini boshqarib kelganligini koʻrgan va darhol uning yoniga borgan.

Voyaga yetmagan boladan yoshini soʻragan vaqtida, bola ushbu 41-sonli maktabning 5-sinfida tahsil olishini maʼlum qilgan.

YPX xodimi bola bilan maktabga kirib, maktab rahbari, oʻqituvchilar, oʻquvchilar va bolaning oila aʼzosi ishtirokida aniqlangan holatni muhokama etgan.

"Transport vositasini boshqarish huquqiga ega boʻlmagan, voyaga etmagan bolaga boshqaruvni topshirganligi uchun avtomobil egasiga nisbatan belgilangan tartibda chora koʻrilgan.

Barcha ota-onalar va respublikamiz hududidagi maktablar rahbariyati va oʻqituvchilaridan yuqoridagi kabi holatlar sodir boʻlishiga yoʻl qoʻymasliklarini, voyaga yetmagan oʻquvchilarni doimo nazorat qilib borishlarini soʻrab qolamiz" deyiladi IIV YHXBB axborot xizmati xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?