Andijonda 3 oylik dori-darmon zaxirasi tayyorlab qoʻyildi

13:09 11 Sentyabr 2020 Jamiyat
176 0

Mamlakatimizda karantin qoidalarining yengillashtirilganligi xavf ortda qoldi, degani emas. Kasallikning oldini olish va bemorlar salomatligini tiklashlari uchun barcha sharoitni yaratish, kunning eng dolzarb vazifasi boʻlmogʻi kerak.

— Covid-19 yuqtirib, shifoxonada davolanishimga toʻgʻri keldi, — deydi Andijon shahrida istiqomat qiluvchi Nuriddin Xolboyev. —Shifokorlarning beminnat xizmatlari tahsinga loyiq. Qolaversa, hukumatimizning bemorlarga eʼtiborini koʻrib, oʻzimni ehtiyotlay olmaganimdan uyalib ketdim. Aslini olganda kasallik yuqtirmaslik uchun har bir fuqaro oʻziga oʻzi masʼul boʻlmogʻi kerak.

Viloyatda koronavirusga chalingan bemorlarga byudjet tomonidan jami 64 turdagi dori vositalari va bir marotabalik tibbiy buyumlar: tish choʻtkalari, tish pastalari, shuningdek, bir martalik piyola-stakanlar, qoshiqlar va idishlar berilmoqda. Mahalliy byudjet hisobidan davolash uchun 9 mlrd. soʻm qiymatdagi uch oylik dori-darmon zaxirasi, 10 ming dona test tayyorlab qoʻyilgan.

Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi” muxbiri

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?