Andijonda 1120 nafar uy bekasiga gaz plitalari sovg‘a qilindi

11:50 18 Iyun 2018 Jamiyat
755 0

Andijon viloyatida 1120 nafar uy bekasiga gaz plitalari sovg‘a qilindi. Bu haqda viloyatdagi muxbirimiz Saminjon Husanov ma’lum qildi.

Davlatimiz rahbarining 2017 yil 12 sentyabrdagi “Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasidagi ushbu ezgu ishlardan ular juda mamnun.

“To‘liq jihozlangan oshxona har bir ayolning orzusidir. Biroq bunga erishishning o‘zi bo‘lmaydi. Mazkur sovg‘a tumandagi men kabi xotin-qizlarga shodlik ulashdi” - deydi Ulug‘nor tumanidagi Guliston mahallasida yashovchi Adolatxon Mirzayeva.

Bundan tashqari, kam ta’minlangan oilalardagi bemor fuqarolar salomatligini tiklash va davolash uchun 4 million so‘mgacha moddiy yordam ko‘rsatish ishlari davom ettirilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?