Andijon viloyatida 12 mlrd. soʻmdan ziyod neft xom ashyosi talon-taroj qilingan

14:36 24 Oktyabr 2019 Jamiyat
94 0

Andijon viloyat Prokuraturasi tomonidan “Andijonneft” aksiyadorlik jamiyati faoliyati yuzasidan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida “Oʻzneftgazinspeksiya” mutaxassislari tomonidan tekshirish oʻtkazildi va qiymati 12 mlrd. 825,9 mln soʻmlik 15 287 tonna manbalar aniqlandi. Bu “Oʻzneftgazinspeksiya” axborot xizmati xabar berdi.

Jumladan, jamiyatning neft konlari, neftni yigʻish, tayyorlash va topshirish sexlarida oʻtkazilgan xatlovda tovar neftdan qiymati 254,5 mln. soʻmlik 310,2 tonna ortiqchalik va qiymati 22,7 mln.soʻmlik 42,4 tonna kamomad, sexlararo quvurlarni demontaj qilishda va neftni qayta ishlash zavodiga yuborishda quvurlar orqali neftni talon-taroj qilish yoʻli bilan qiymati 1 mlrd. 404 mln. soʻmlik 812,3 tonna tovar neft yoʻqotilganligi, 479,6 mln. soʻmlik 795,8 tonna qazib olingan neftni hisobotlarga kiritmagan holda oʻzlashtirish, hisobotlarni soxtalashtirish orqali 2 mlrd 583,8 mln. soʻmlik 3486,9 tonna kamomadni va 70,8 mln. soʻmlik 95,9 tonna ortiqchaliklarni yashirish, 6 mlrd 313,3 mln. soʻmlik 7 697 tonna neftni hisobotlarga qoʻshib yozish, shuningdek, 1 mlrd 678,9 mln. soʻmlik 2046,9 tonna neftni bajarilmagan ish hajmini koʻrsatish hisobiga birlamchi hujjatlarsiz asossiz ravishda hisobdan chiqarish holatlarini tashkil qiladi.

“Andijonneft” AJda jamiyat boshkaruv raisi B. Narmatovning rahbarlik qilayotgan faqatgina 2019-yil iyun oyidan sentyabr oyigacha boʻlgan faoliyat davrini olsak, jami aniqlangan manbaalar neftni asossiz hisobdan chiqarish, qoʻshib yozish, hisobot hujjatlarida va xatlovda kamomadlar hamda ortiqchaliklar boʻyicha 1.838.951.734 soʻmlik 1 356,8 tonnani tashkil etdi.

Tekshiruv yakunida rasmiylashtirilgan hujjatlar Andijon viloyat Prokuraturasiga topshirildi va ayni paytda tergov ishlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?