Andijon viloyati huquqni muhofaza qiluvchi idoralari 9 mart kungi portlash toʻgʻrisidagi xabarga izoh berdilar

16:04 11 Mart 2019 Jamiyat
567 0

Foto: Andijon viloyati IIB tomonidan taqdim etildi.

“Xalq soʻzi ONLINE”. Saminjon Husanov/Andijon. 9 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi avtoturargohida avtomashinalar portlab ketganligi toʻgʻrisida xabar tarqalgan edi. Viloyat ichki ishlar boshqarmasidan olingan maʼlumotga koʻra, bu hech bir asosga ega boʻlmagan, yaʼni mutasaddi idoralar tomonidan tasdiqlanmagan axborot boʻlib, hech qanday portlash yuz bermagan.

Lekin voqea joyida yongʻin sodir boʻlganligi rost. “9 mart kuni soat 16:30 larda Andijon shahri, Amir Temur shohkoʻchasida joylashgan avtoturargoh hududida 5 tonnalik yoqilgʻi quyish tizimi atrofiga ehtiyotsizlik tufayli toʻkilgan 10 litr benzin yongan”, deyiladi xabarda.

Viloyat IIB YOXB matbuot xizmatidan maʼlum qilishlaricha, yongʻin xavfsizligi xizmati xodimlari voqea joyiga oʻz vaqtida yetib borganlar va koʻngilsizlikni bartaraf etganlar. Uchqun natijasida yuzaga kelgan yongʻin oqibatida hech kim jabrlanmagan. Ayni paytda mavzuga doir tushuntirish ishlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?