Andijon viloyat adliya boshqarmasining 13 nafar xodimi jazoga tortildi

16:02 30 Noyabr 2018 Jamiyat
947 0

Joriy yilning 19 — 28 noyabr kunlari Andijon viloyat adliya boshqarmasi va viloyatdagi notarial idoralar faoliyati vazirlik ishchi guruhi tomonidan kompleks ravishda oʻrganildi.

Oʻrganish ishlari natijalari boʻyicha aniqlangan holatlar va faoliyatda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar hayʼat majlisida atroflicha muhokama qilindi.

Jumladan, ijro intizomi, murojaatlar bilan ishlash, moliya-iqtisod yoʻnalishi, kadrlarni joy-joyiga qoʻyish va yuridik xizmat faoliyati, shuningdek, notarial harakatlarni rasmiylashtirish boʻyicha qoʻpol xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyilganligi qayd etildi.

"Majlisda 7 nafar xodimga “hayfsan” va 6 nafar xodimga “jarima” kabi intizomiy jazo choralari qoʻllanildi. 2 nafar xodim kelgusidagi ish faoliyati davomida xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan taqdirda ularga nisbatan intizomiy jazo choralari qoʻllanilishi haqida rasman ogohlantirildi", deyiladi Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi xabarida.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?