Andijon tumanida «Andijan Silk.Co» qo‘shma korxonasi ochildi

13:40 19 May 2018 Siyosat
930 0

Shavkat Mirziyoyev ushbu korxonaga tashrifi chog‘ida ramziy tugmani bosib, uning faoliyatiga start berdi. Bu yerda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.

Mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi ushbu O‘zbekiston – Xitoy qo‘shma korxonasida pilla qayta ishlanib, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Davlatimiz rahbarining 2017 yil 29 martdagi qaroriga muvofiq “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tashkil etilgan edi. Uyushma tomonidan bugungi kunda tarmoqni jadal rivojlantirish, sohaga innovatsion texnologiyalarni joriy etish, ipak qurtini yangicha usulda parvarishlash, ilg‘or davlatlar tajribasini o‘rganish orqali pilla sifati va miqdorini oshirish bo‘yicha qator ishlar olib borilmoqda.

«Andijan Silk.Co» qo‘shma korxonasiga 2 million 100 ming dollar evaziga Xitoyda ishlab chiqarilgan ip yigiruv va tikuv mashinalari keltirib o‘rnatildi. Natijada 150 kishi doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi. Joriy yil oxirigacha ishchilar sonini 300 taga yetkazish ko‘zda tutilmoqda.

Loyiha to‘liq quvvat bilan ishga tushirilgach, yiliga 300 tonna quruq pilla qayta ishlanadi. 2018 yilning o‘zida 5,1 million dollarlik tayyor mahsulot eksport qilish rejalashtirilgan.

Shu yerning o‘zida pillachilikni rivojlantirish, charm-payafzal, qurilish materiallari, ip-kalava hamda gazlamalar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan loyihalar taqdimoti ham o‘tkazildi.

Davlatimiz rahbari mazkur loyihalar yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?