An’anaviy OAVga bo‘lgan ishonch inqirozga yuz tutmoqda

18:44 23 May 2018 Dunyo
661 0
Foto: Allbiz

Bugun Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Yevroosiyo media forumi ishtirokchilariga yo‘llagan tabrik so‘zida OAVga bo‘lan ishonch inqirozga uchrayotgani haqida so‘zlab o‘tdi. 

Unda geopolitik qarama-qarshiliklar va yangi texnologik imkoniyatlar kuzatilayotgan sharoitda OAV ham mojarolarni keskinlashtiruvchi detonatorga, ham global muvozanat va xalqaro keskinlikni oldini oluvchi omil bo‘lishi mumkinligi, shu joyda jurnalistikaning mas’uliyati yuzaga chiqishi qayd etilgan. 

O‘z navbatida, auditoriya borgan sari ko‘proq mustaqil blogerlar va ijtimoiy tarmoqlardagi materiallar timsolida muqobil manbalarni afzal ko‘rayotgan bir paytda ishonch inqirozi jurnalistika uchun jiddiy tahdidga aylanayotgani ta’kidlangan.

“Faqatgina to‘g‘ri axborotni uzatish va soxta yangiliklarni tekshirish auditoriyani o‘ziga tortish, ob’ektiv axborot manbasi sifatida OAV nufuzini mustahkamlanishini ta’minlaydi”, deyiladi tabrikda. 
Unda jurnalist kasbi jamiyatga xizmat qilish va yuksak etika hamda axloq sifatlarini o‘zida mujassamlashtirish kerakligi ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, Almati shahrida 22-24 may kunlari “15 yillik evolyutsiya: Dunyo qanday o‘zgarmoqda va dunyo bizni qanday o‘zgartirmoqda?” shiori ostida 15-Yevroosiyo media forumi bo‘lib o‘tayapti.
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?


Ko‘p o‘qilganlar

Afisha

Matyoqub Matchonov: “Oltindek qimmatli, Humo qushi singari sarbaland...”

Xoʻsh, bu qanday anjuman oʻzi? Uni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad nima? Kelgusida mazkur kinotaqdimot kino olami va olam kinosi ichra oʻz oʻrnini topib keta oladimi yoki salaflari kabi yoʻqlikka yuz tutadimi (zakiy oʻquvchi nima demoqchi ekanimizni tushunganiga shubha yoʻq, albatta)?

23 Yanvar 2019