Amir Temurga maktub​

22:38 08 Aprel 2020 Madaniyat
578 0

Amr qiling, tosh ustiga,

Boshim qo'yay, bosh ustiga.

Yuragingiz qatltoshdur,

Foshlar bo'ldik fosh ustiga.

Yurak sahar jo'shib tursa,

Bu ne balo shoshib tursa,

Ko'zim zahar qo'shib tursa,

Men yeydigan osh ustiga.

O'n yettidan endi oshib,

Bir boshimda shuncha oshub,

Buncha jabr qildingizay,

Shu o'n sakkiz yosh ustiga.

"Ko'ngil" otliq lashkaringiz,

Tortib keling Shosh ustiga,

Sizga peshvoz chiqgayman men,

O'sma tortib qosh ustiga.

Ko'nglingizdan gar badar men,

Darbadar men,

Sarbador men,

Halok qilgayki, agar, men,

Yoshlar to'ksam yosh ustiga.

Bizning makon "Yurakyurt"dir,

Men ul yurtga shoh istamam,

Lek, kelsangiz yurak yutib,

Siz Amir, men Shohistaman!

             Shohista Ergasheva,

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?