Amir Temur siymosini gavdalantirishda xato qilishga haqqimiz yoʻq

13:54 29 May 2020 Siyosat
550 0

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Denov shahridagi Amir Temur haykali keng muhokamaga sabab boʻlmoqda. 

Oliy Majlis Senati Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi Baxtiyor Sayfullayev ushbu masalani Denov shahar hokimi, arxitektura va qurilish boshqarmasi rahbari bilan oʻrgandi, deb xabar berdi yuqori palata axborot xizmati.

Yurtdoshlarimizning asosli va oʻrinli takliflarini inobatga olgan holda ushbu haykalni qayta koʻrib chiqish boʻyicha mutasaddi rahbarlarga koʻrsatmalar berildi.

– Buyuk sohibqiron siymosini gavdalantirishda barcha jihatlarga ahamiyat qaratib, kichik bir detallarni ham eʼtibordan chetda qoldirmaslik zarur, – deydi B.Sayfullayev. – Chunki bobomiz Amir Temur shaxsini nafaqat biz, balki butun dunyo ahli yaxshi biladi va ardoqlaydi. Shunday ekan uning siymosini yaratishda xato qilishga haqqimiz yoʻq.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?