Amir Temur koʻchasida “MAN” avtobusi “Lasetti” bilan toʻqnashib ketdi

10:15 16 Avgust 2019 Jamiyat
101 0

Joriy yilning 15-avgust kuni poytaxtning Amir Temur koʻchasida 93-yoʻnalishda qatnovchi “MAN” rusumli avtobus hamda “Lasetti” rusumli yengil avtomobil oʻrtasida toʻqnashuv sodir boʻldi. Baxtsiz xodisa tufayli shikastlanganlar yoʻq. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati xabar berdi:

“Maʼlum boʻlishicha, yengil avtomobil oʻngga burilish huquqini beruvchi yoʻl beligisiga toʻliq amal qilmagan. Yaʼni chap tarafdan kelayotgan transport vositalarini oʻtkazib yubormay, oʻngga burilib, avtobusga urilgan va svetofor ustuniga ham zarar yetkazgan.

Afsuski, soʻnggi vaqtlarda yoʻllarda transport vositalarining koʻpayib borishi natijasida bunday baxtsiz hodisalar tez-tez uchrab turibdi. Buning natijasida aybsiz kimsalarning jabrlanayotgani, ayniqsa, achinarlidir.

Aksariyat hollarda yengil avtomobil egalarining yoʻl qoidalariga toʻliq amal qilmasliklari, jamoat transportlariga imtiyoz bermay harakatlanishlari natijasida xunuk voqealar yuz bermoqda.

Shu oʻrinda eslatib oʻtish oʻrinli deb oʻylaymiz. Jamoat transporti, xususan, avtobuslarni boshqarish ancha murakkab jarayon. Ayniqsa, tirband yoʻllarda harakatlanish undan-da mashaqatli.

Aziz haydovchi va yoʻlovchilar!

Shunday ekan, yoʻllarda harakatlanganda jamoat transportlariga imtiyoz berishingizni, ularning erkin qatnoviga halaqit qilmasligingizni soʻrab qolamiz. Zero, har bir avtobusda oʻnlab hamshaharlarimiz, oʻzimizning yaqinlarimiz borligini unutmasligimiz lozim”.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?