Amerikalik ayol bevafo erini koʻz tomchilari yordamida zaharlab oʻldirdi

16:25 05 Sentyabr 2018 Dunyo
427 0

Stiven Kleytonning organizmida koʻp miqdorda kimyoviy moddalar borligi aniqlangan.

Janubiy Korolina shtatida istiqomat qiluvchi ayol oʻzining turmush oʻrtogʻini koʻz tomchilari yordamida zaharlab oʻldirilishida gumonlanuvchi tariqasida hibsga olindi. Bu haqda RIA Novosti New York Post nashriga asoslanib xabar qildi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar maʼlumotlariga koʻra, 64 yoshli Stiven Kleyton oʻz uyida oʻlik holda topilgan. U zinadan yiqilib tushishi oqibatida vafot etgan deb taxmin qilingan. Biroq jasad yorib koʻrilganda, uning organizmida koʻp miqdorda kimyoviy moddalar borligi aniqlangan.

Lana Kleyton koʻrsatmalariga koʻra, u 3 kun davomida turmush oʻrtogʻining koʻz tomchilariga suv qoʻshib kelganligini maʼlum qilgan. Tibbiy ekspertlar fikriga koʻra, odam organizmiga bu faol kimyoviy modda, neyrotoksin singari taʼsir qiladi va inson asab tizimiga hujum qilishni boshlaydi.

New York Post yozishicha, bir necha yil oldin Kleyton erining xiyonati haqida internetda shikoyat qilgandi.

Biroq hozircha huquq tartibot organlari qotillik sabablarini aytishmayapti.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?