Amerikadan Kanadaga parvoz qilgan yengil samolyot qulashi natijasida 7 nafar oʻzbekistonlik halok boʻldi

10:20 29 Noyabr 2019 Jamiyat
494 0

Kanadaning Ontario provinsiyasida yengil samolyotning halokatga uchrashi oqibatida yetti kishi halok boʻldi.

Asli oʻzbekistonlik, AQSHning Texas shtatida istiqomat qiluvchi Otabek Obloqulov Ontarioning Kingston shahri atrofida Piper PA-32 samolyotini boshqarib ketayotganida halokatga uchragan. Samolyot Ontarioning Markxem shahridan Kvebek provinsiyasining Kvebek shahri tomon harakatlanayotgan boʻlgan. Otabek Obloqulovning doʻsti Mehmet Bastining soʻzlariga koʻra, ular Kingston shahrida toʻxtab oʻtmoqchi boʻlishgan.

Samolyotda Obloqulovning turmush oʻrtogʻi va 3, 11 va 15 yoshli farzandlari boʻlgan. Bundan tashqari bortda Kanadaning Toronto shahrida doimiy istiqomat qiluvchi, asli Oʻzbekistondan boʻlgan Bobomurod Nabiyev va uning turmush oʻrtogʻi ham boʻlgan.

Samolyot Kingston shahrining shimoli-gʻarbiga, quyuq oʻrmonga qulagan. Fojia natijasida samolyotning barcha yoʻlovchilari halok boʻlgan.

Halokat sabablari oʻrganilmoqda. Qoidaga koʻra, bunday kichkina samolyotlarda “qora quti” boʻlishi majburiy boʻlmagan. Kanada meteorologiya xizmati tarqatgan xabarga koʻra, samolyot qulagan paytda hududda kuchli shamol esgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?