Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp Prezident Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi

09:37 29 Avgust 2018 Siyosat
104 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 
Janobi Oliylariga

Muhtaram Prezident Janoblari!

Sizni va Oʻzbekiston xalqini katta mamnuniyat ila Mustaqillik kuni bilan tabriklayman. Amerika Qoʻshma Shtatlari mamlakatingiz mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligining qatʼiy tarafdori boʻlib qoladi va biz mamlakatingiz mustaqilligining 27 yilligini erkin va jadal rivojlanayotgan davlat sifatida nishonlayotganingizdan xursandmiz.

Oʻtgan 27 yil mobaynida bizning munosabatlarimiz izchil rivojlandi va shu yil may oyida Sizning Oq uyga tarixiy tashrifingiz uning yuksak bosqichi boʻldi. Men Siz bilan uchrashganimdan, mintaqadagi umumiy tahdidlarni hal qilish uchun strategik sherikligimizga yangi surʼat baxsh etish imkoniyatidan mamnun boʻldim. Shuningdek, Sizni siyosat, iqtisodiyot va inson huquqlari sohalarida amalga oshirayotgan, Oʻzbekiston xalqining ravnaqi va farovonligi hamda tinch taraqqiyot orqali gullab-yashnashi uchun mustahkam poydevor boʻlib xizmat qiladigan keng koʻlamli islohotlaringiz bilan qutlayman.

1 sentyabr ayyomida biz sheriklikda oʻtgan yillarimizga minnatdorlik bilan nazar tashlaymiz hamda istiqbolda yuzaga keladigan yangi imkoniyatlarni orziqib kutamiz. Amerika xalqi nomidan demokratik Oʻzbekistonning barqaror gullab-yashnashi yoʻlida birgalikdagi ishlarimizni davom ettiramiz, deb Amerika Qoʻshma Shtatlarining bu boradagi samimiy tilaklarini bildiraman.

Hurmat bilan,

Donald J.Tramp,
Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti

 



Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?