“Alpomish” dostonining yangi talqini

17:33 02 Aprel 2019 Lifestyle
1217 0

I Xalqaro baxshilik sanʼati festivali doirasida Umir baxshi Safarov, Mardonaqul Avliyoqul oʻgʻli tomonidan yozib olingan “Alpomish” dostoni kitobining taqdimoti boʻlib oʻtdi. Bu haqda festival Matbuot markazidan xabar berilmoqda.

Ushbu doston Surxondaryo baxshilik sanʼatiga tegishli toʻrtinchi — yangi talqini hisoblanadi.

Dostonlardagi umumiy voqealar oʻzgarmagan boʻlsa-da, ular biri-biridan hajm, motivlar, baʼzi epizodlar butunlay boshqacha badiiy yoʻsinda tasvirlangani bilan ajralib turadi. Umir baxshi Safarov, Mardonaqul Avliyoqul talqinida ham shu jihatlar koʻzga yaqqol tashlanadi.

“Kitob taqdimotida soʻzga chiqqanlar “Alpomish” dostonining oʻquvchilar qoʻliga yetib borgunga qadar jarayonlar, asarning mohiyati va boshqa variantlaridan farqli jihatlarini aytib oʻtishdi. Yangi “Alpomish” dostonida voqealar oʻzgarmaydi, aksincha, badiiy ifodasi jihatidan xalq baxshilarining soʻz qochirimlari bilan mukammallashib, vaqt, davr makonga qarab, ijro vaqtida boyitib boriladi. Shu sababli olimlar tomonidan ularning har biri mustaqil badiiy asar sifatida oʻrganib kelinmoqda”, deyiladi xabarda.

Anjumanida Abdunazar baxshi Poyonovning “Oltin qoboq”, Chorsha baxshi, Shoberchi baxshi Boltayev va Abdunazar baxshining “Malla savdogar” dostonlari taqdimoti ham oʻtkazildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?