Almazbek Atamboyevni qoʻlga olish boʻyicha ikkinchi amaliyot boshlandi

16:37 08 Avgust 2019 Jamiyat
375 0

Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevni qoʻlga olish boʻyicha yangi amaliyot boshlandi. Bu haqda Knews xabar qilmoqda, deb yozadi Kun.uz.

Qayd etilishicha, huquq-tartibot idoralari xodimlari Atamboyevning tarafdorlariga nisbatan maxsus vositalardan foydalanmoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, kuchishlatar tuzilmalar xodimlari Almazbek Atamboyevning Qoʻy-Toshdagi qarorgohini oʻrab olishgan. Xodimlar bir qismi qarorgoh ichiga kirgani, Atamboyev tarafdorlaridan bir guruhi esa voqea joyidan uzoqlashgani aytilmoqda.

Poytaxt Bishkekda esa savdo markazlari, doʻkonlar yopilishni boshlagan. Bunga Atamboyev tomonidan eʼlon qilingan muddatsiz miting sabab boʻlishi mumkin.

Guvohlarning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, kuchishlatar xodimlar Bishkekdan Qoʻy-Tosh qishlogʻiga olib boruvchi yoʻlni toʻsib qoʻyishgan.

Bundan oldin, Qoʻy-Tosh qishlogʻida militsiya xodimlari va sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev tarafdorlari oʻrtasida toʻqnashuv boshlangandi.

Eslatib oʻtamiz, bugun mahalliy vaqt bilan 15:15da (Toshkent vaqti bilan 14:15) Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevning uyi joylashgan Qoʻy-Tosh qishlogʻi tomon ichida militsiya xodimlari boʻlgan avtobuslar kolonnasi yoʻl olgandi. Kaktus.media muxbirining xabar berishicha, kamida 15ta avtobus, yengil avtomobillar va devor buzuvchi texnika qishloq tomonga ketmoqda. IIV rahbari oʻrinbosari Almaz Orozaliyev oʻsha yerda ekanligi aytilmoqda.

iFrame


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?