Almatida yo‘lovchi avtobuslar to‘qnashib ketdi

11:44 23 Iyul 2018 Dunyo
1156 0
Foto: Mir 24

Qozog‘istonning Almati shahrida ikkita yo‘lovchi avtobusi to‘qnashib ketishi oqibatida 18 kishi jarohat oldi.

“Jabrlanganlarning ko‘pchiligiga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgani bo‘lsa, to‘rt kishi kasalxonaga yotqizildi. Jarohatlanganlarning to‘rt nafari bolalardir”, deyiladi Mir24 xabarida.

Baxtsiz hodisa Do‘stlik prospektida ro‘y berdi. Aniqlanishicha, bo‘sh kelayotgan avtobus qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketishi oqibatida yo‘lovchilar bilan kelayotgan boshqa avtobusga borib urilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?