Alisher Usmonovning sobiq hamkori “proslushkalar” bozorining katta qismini egalladi

17:09 14 Avgust 2019 Jamiyat
79 0

Illyustrativ foto

Rossiyadagi “Sitadel” xoldingi tarkibidagi “MFI-Soft” kompaniyasi operativ-qidiruv tadbirlar tizimlari(OQTT) uchun qurilmalar ishlab chiqarish bozorining 80 foizini qoʻlga kiritdi. Mazkur kompaniya rahbari bir paytlari kibersport sohasida milliarder Alisher Usmonov bilan hamkorlik qilgan. Bu haqda RBK xabar berdi.

Maʼlumot uchun, ushbu tizim tezkor xodimlar va maʼlumotlar bazasi oʻrtasidagi aloqani taʼminlaydi. Rossiyada 2018-yil 1-iyulidan boshlab “Yarova qonuni” kuchga kirgan. Ushbu qonunga koʻra, mobil operatorlar va internet provayderlar foydalanuvchilar haqidagi maʼlumotlarni saqlashi, FXX hamda boshqa kuchishlatar organlarga zarurat tugʻilganda taqdim etishi shart.

Ushbu qonun kuchga kirgandan soʻng, “MFI-Soft” daromadi 10,3 mlrd. rubl, sof foydasi esa 2,07 mlrd. rublga yetdi.

Qonunga muvofiq, Aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi nazorat boʻyicha federal xizmat (Roskomnadzor)dan aloqa sohasida litsenziya olgan barcha kompaniyalar OQTTni oʻrnatishi shart. Boz ustiga, ular buni oʻz hisobidan amalga oshirishlari kerak. Yirik mobil operatorlar hisob-kitobiga koʻra, ushbu maqsadlar uchun ularning har biri oʻnlab milliardlar sarflashga majbur boʻlishgan.

“Sitadel” xoldingi 2016-2018-yillardan boshlab, yaʼni “Yarova qonuni” kuchga kirishidan oldin OQTT sohasida faoliyat yuritadigan kompaniyalarni sotib olishga kirishgan edi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?