Alisher Usmonov Mail.Ru Group boshqaruvidan voz kechdi

13:50 22 Oktyabr 2018 Dunyo
602 0

USM xolding kompaniyasi Mail.Ru Groupʼni nazorat qiluvchi yagona tomon boʻlishni toʻxtatdi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida xabar berilgan.

Manbada koʻrsatilishicha, endi “MF Texnologii” AJ orqali Mail.Ru Groupʼni aksiyadorlardan birortasi yagona holda nazorat qilmaydi.

Oʻzgarishlarga muvofiq, Mail.Ru menejerlari Boris Dobrodeyev va Dmitriy Sergeyev, shuningdek, “Gazprombank” top-menejerlari Alan Vaksman hamda Sergey Mednov yangi aʼzolar sifatida direktorlar kengashi tarkibiga kiritiladi. Ular mos ravishda Sergey Soldatenkov, Ivan Streshinskiy, Anna Serebryanikova va Vlad Volfsonni almashtirishlari koʻzda tutilgan.

Alisher Usmonovning oʻzi, qabul qilingan qarorga izoh berib, “bu jarayonga soʻnggi yillar davomida tayyorgarlik koʻrgani”ni bildirdi. “Aminmanki, yuqori texnologiyali kompaniyalarni yosh avlod - zamonaviy raqamli biznesning rivojlanish tendensiyalaridan xabardor boʻlgan isteʼdodli hamda katta maqsadli shaxslar boshqarishi lozim”, - deyiladi Usmonov bayonotida.

“Men boshqaruvni koʻngil xotirjamligi bilan tark etmoqdaman: bizning biznes va moliyaviy natijalar hech qachon yuqori emasdi, Mail.ru Group jamoasi esa — oʻz ishining ajoyib professionallari”, - deya maʼlum qildi Usmonov.

“Hayotimda ikkita narsa ustun turadi - odamlarga yordam berish va kelajakka intilish”, - dedi tadbirkor. Uning soʻzlariga koʻra, endi u xayriya faoliyati bilan shugʻullanish niyatida. Biznes sohasida Usmonov Yevropada e-commerce sohasida eng yirik kompaniyani tashkil etib, Amazon va Ebayʼdan oʻtib ketmoqchi.

Maʼlumot uchun, USM Holdings kompaniyasi Usmonovning barcha aktivlarini oʻzida jamlagan boʻlib, Forbes jurnali tomonidan 12,5 mlrd dollarga baholanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?