Alisher Usmonov Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tarkibidan joy oldi

11:20 10 Avgust 2018 Sport
598 0
Foto: Forbes

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi o‘z komissiyalarining yangilangan ro‘yxatini e’lon qildi. E’tiborlisi, Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti, yirik ishbilarmon Alisher Usmonov ham mazkur ro‘yxatdan joy oldi.

O‘z navbatida komissiyalar tarkibiga rossiyalik yana bir qator sport sohasi vakillari kiritildi.

Ularning ichida Rossiya tennis federatsiyasi prezidenti Shamil Tarpishev, langarcho‘pda sakrash bo‘yicha ikki karra Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Yelena Isinbayeva, sinxron suzish bo‘yicha besh karra olimpiada chempioni Anastasiya Davidova, Yevropa o‘q otish konfederatsiyasi prezidenti Vladimir Lisin, RF sport vaziri Pavel Kolobokov ham bor.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Usmonov “Arsenal“ klubidagi aksiyalarini sotgani haqida xabar berilgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?