Alisher Usmonov fondi Oʻzbekistondagi “MISiS” filiali faoliyatini moliyalashtirishda davom etadi

16:12 06 Sentyabr 2019 Jamiyat
763 0

Taniqli biznesmen va metsenat Alisher Usmonov asos solgan “Sanʼat, ilm va sport” xayriya jamgʻarmasi “MISiS” Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti Olmaliq filialiga uning faoliyatini yaxshilash va dars sifatini oshirishda har tomonlama yordam berishda davom etadi. Bu haqda tashkilotning bosh ofisi maʼlum qildi.

Xabarda taʼkidlanishicha, Oʻzbekistondagi “MISiS” filiali loyihasini amalga oshirish jamgʻarmaning eng muhim va ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi va qisqa vaqt ichida tashkilot Oʻzbekiston tomoni bilan ushbu masalada hamkorlikni kuchaytirishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan.

Xususan, jamgʻarma oʻquv jarayoniga chet ellik yetakchi soha mutaxassislarini jalb etish, shuningdek, ushbu taʼlim dargohining material-texnik hamda axborot-resurs bazasini kuchaytirishni maqsad qilib olgan.

Shu kunlarda Olmaliqdagi “MISiS” filiali 100 Mbit/s. tezlikka ega boʻlgan Internet tarmogʻiga ulangan. Natijada, oliygoh xalqaro ilmiy va ilmiy-tadqiqot ishlari elektron bazalari va kataloglarga, ilmiy va badiiy adabiyotlarga onlayn ulanishga muvaffaq boʻlgan.

Eslatib oʻtamiz, Olmaliq shahrida MISiS filiali ochilish marosimi 2018-yilning oktyabr oyida boʻlib oʻtgan edi.

Tantanali ochilish marosimida RF Fan va oliy taʼlim vaziri Mixail Kotyukov, Oʻzbekiston oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Inomjon Majidov, “MISiS” MTTU rektori Alevtina Chernikova, OTMK boshqaruvi raisi Abdullo Xursanov ishtirok etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?