Alisher Usmonov endi Angliyaning boshqa bir jamoasini sotib olish niyatida

18:11 07 Sentyabr 2018 Sport
662 0
Foto: Fedpress

Rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov “Arsenal”dagi ulushini sotganiga qaramasdan, Britaniyada futbolga investitsiya kiritish fikridan qaytayotgani yoʻq. Bu haqda Mirror nashri xabar berdi.

Xabarda qayd qilinishicha, 64 yoshli biznesmen ayni vaqtda Angliyaning uchinchi divizionida ishtirok etayotgan Londonning “Charlton” futbol klubini sotib olishga qiziqish bildirgan. London klubining amaldagi xoʻjayini Rolan Dyushatele jamoani 2014 yilda 20 million funt evaziga sotib olgan. Hozirda u xuddi shu summaga klubni sotishga tayyorligini bildirgan.

Ayni vaqtda “Charlton”ning yillik zarari oʻrtacha 10 million funt sterlingni tashkil qilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Usmonov “Arsenal”dagi 30 foizlik ulushini aksiyalarning nazorat paketiga egalik qiluvchi Sten Kronkega 600 million funt evaziga sotib yuborgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?