Alisher Usmonov “Arsenal”dagi ulushini sotib yubordi

17:35 07 Avgust 2018 Sport
556 0
Foto: rubryka.com

Rossiyalik biznesmen Alisher Usmonov Londonning “Arsenal” klubidagi o‘ziga tegishli bo‘lgan 30 foiz aksiyasini sotdi. Bu haqda The Financial Times nashri xabar berdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, Usmonov London klubidagi ulushini jamoaning asosiy aksiyadori bo‘lgan Sten Kronkega 550 million funt sterling (713 million dollar) evaziga sotgan.

Avvalroq milliarder Usmonov klubning boshqaruv paketini Sten Kronkedan sotib olishni xohlayotgani ma’lum bo‘lgandi. Ammo Kronke “Arsenal”ning o‘zida bo‘lgan 67 foiz aksiyasini 1,3 milliard dollarga sotishdan bosh tortgan. Shundan so‘ng Alisher Usmonov jamoadagi ulushini sotib yubordi.

Asli o‘zbekistonlik Alisher Usmonov ilk bor “Arsenal” aksiyalarini 2007 yilda sotib olgan. 2016 yilga kelib esa klubdagi o‘z ulushini 30 foizga yetkazgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?