Alisher Sultonov Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari lavozimida qoladigan boʻldi

12:27 14 Sentyabr 2018 Siyosat
1387 0
Foto: Alisher Sultonov

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ijro tuzilmasiga oʻzgartirish kiritildi. Unga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari — “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi lavozimi tugatildi. Yaʼni ushbu sohadagi bosh vazir oʻrinbosari ayni paytda “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi boʻlishi haqida qoida chiqarib tashlandi. Bu haqda telegramdagi “davletovuz” kanali xabar bermoqda.

Shunday qilib, Alisher Sultanov Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari sifatida qoladi.

Bahrom Ashrafxonov esa “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi sifatida ish yuritadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?