Alisher Saʼdullayev yangi lavozimga tayinlandi

14:49 10 Iyul 2020 Jamiyat
597 0

Prezident qarori bilan Saʼdullayev Alisher Zafar oʻgʻli Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Shu munosabat bilan, Alisher Saʼdullayev Prezidentning yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport masalalari boʻyicha maslahatchisining birinchi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.

Eslatib oʻtamiz, Agentlik Prezidentning 2020-yil 30-iyundagi PF-6017-sonli Farmoni bilan tashkil etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?