Alisher Qodirov “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasiga oʻz munosabatini bildirdi

15:24 15 Sentyabr 2020 Siyosat
136 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasiga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalarni birinchi oʻqishda koʻrib chiqilib, qabul qilindi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari, Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi Alisher Qodirov bu haqda oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi:

"Qonun loyihasida shu paytgacha savollarga sabab boʻlayotgan ayrim jihatlar oʻz yechimini topmoqda.

Masalan, amaldagi qonunning 14-moddasida belgilab qoʻyilgan "...jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishlariga yoʻl qoʻyilmaydi» degan taqiqlovchi norma chiqarib tashlanmoqda.

Qonun loyihasining 9-moddasida, davlat "... dindorlarning diniy eʼtiqodi bilan bogʻliq his-tuygʻularini haqoratlashga yoʻl qoʻymaydi" deya kafolatlamoqda.

Shu bilan birga qonun loyihasining 43-moddasida yangi norma sifatida qonunchilikka rioya qilmagan diniy tashkilotlarning faoliyatini toʻxtatib qoʻyish va cheklash qoidalari belgilanmoqda.

Juda ijobiy qonun loyihasi, muqaddas qadriyatimiz boʻlgan dinimizning, jamiyatning maʼrifat va taraqqiyotga xizmat qiluvchi kuchini qora niyatlar va gʻaraz maqsadlarga xizmat qilishiga yoʻl qoʻymasligimiz kerak.

“Milliy tiklanish” partiyasining fraksiyasi loyihani birinchi oʻqishda qoʻllab-quvvatladi. Ikkinchi oʻqishga qonun loyihasini takomillashtirish boʻyicha takliflarimizni beramiz".

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?