“Alimentdan qarzim yoʻqmi?“ “menga taʼqiq qoʻyilmaganmi?“

11:52 10 Oktyabr 2019 Jamiyat
171 0

Samarqand viloyati majburiy ijro byurosi xodimlari va OAV xodimlari ishtirokida viloyat matbuot uyida bu borada olib borilayotgan ishlarga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

- Bugungi kunda, boshqarmamiz tizimida 1145 ta xodimlar, shu jumladan 612 ta davlat inspektorlari va 185 ta davlat ijrochilari faoliyat koʻrsatib kelinmoqda, - deydi MIB Samarqand viloyati boshqarmasi boshligʻi Alisher Zokirov. - Eʼtiborlisi, tizimimizning puxta oʻylangan holda tashkil etilganligi, axborot-kommunikatsiya va moddiy-texnika resurslaridan unumli foydalanib kelinmoqda. B u oʻz oʻrnida oʻtgan davr mobaynida yigʻilib qolgan debitorlik qarzdorliklarning keskin kamayishiga omil boʻlmoqda.

Jurnalistlar tomonidan tizim faoliyatiga oid dolzarb savollarga boshqarma rahbar va oʻrinbosarlari javob berishdi. Tadbirda, kommunal toʻlovlarning barcha tegishli yoʻnalishlari boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilayotganligi, elektr energiyasi, gaz tarmogʻiga noqonuniy ulanishlariga chek qoʻyilishi borasida muntazam ishlar olib borilmoqda. Xatlovlar jarayonida noreal qarzdorlik aniqlanib, tegishli choralar koʻrilmoqda. Bundan tashqari xodimlar oʻrtasida kasb odobiga ham jiddiy eʼtibor berilib, maʼnaviy targʻibot ishlari oʻzkazilmoqda. -Bugungi kunda viloyatimizda 17-mingga yaqin aliment toʻlovchilar mavjud, - deydi boshqarma oʻrinbosari Uchqun Nazarov.

-Muhimi, fuqarolarimizning huquqiy ongi shakllangan. Mazkur jarayonda deyarli muammolar yoʻq desak ham boʻladi. Negaki, aliment toʻlovchi fuqarolarning oʻzlari bizning hududiy boʻlimlarimizga kelib, “Menda taʼqiq yoʻqmi?“, “Alimentdan qarzim yoʻqmi?“ deya murojaat qilishmoqda. Sababi hozirgi paytda chet elga sayohat va tijorat maqsadidagi parvozlarda bu jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi. Eng muhimi, alimentni oʻz vaqtida toʻlash bu - insoniy burchdir.

Xullas, anjuman qizgʻin bahsu munozaralarga boy oʻtdi. Jurnalistlar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.

Umid SORIYEV,
(Xalq soʻzi)


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?