“Alibaba” korporatsiyasi asoschisi Osiyoning eng boy odamiga aylandi

16:14 10 Mart 2020 Dunyo
331 0

Foto: 24 Kanal

Xitoyning “Alibaba” korporatsiyasi asoschisi Jek Ma Hindistonning “Reliance Industries” xoldingi egasi Mukesh Ambani ortda qoldirib, Osiyoning eng boy odamiga aylangan.

“Bloomberg” agentligining yozishicha, ayni paytda uning boyligi 44,5 milliard AQSH dollariga teng boʻlib, u dunyoning eng boy odamlari roʻyxatida 18 oʻringa chiqib olgan.

“Bloomberg” maʼlumotlariga koʻra, soʻnggi bir kunda 5,8 milliard AQSH dollarini boy bergan Mukesh Ambaning boyligi hozirda 41,8 milliard AQSH dollarni tashkil etmoqda.

Maʼlumot oʻrnida, “Alibaba” korporatsiyasiga 1999-yilda asos solingan boʻlib, dunyoda elektron tijorat va raqamli toʻlovlar bilan shugʻullanadigan eng yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?