Aleksandr Makedonskiy armiyasi tomonidan yurtimizda asos solingan fortpost virtual reallik yordamida qayta tiklandi (video)

16:38 24 Avgust 2019 Jamiyat
202 0

Aleksandr Makedonskiy armiyasi tomonidan Oks qirgʻoqlarida asos solingan qadimiy forpostni virtual qayta tiklovchi videorolik yaratildi(). Animatsion videorolikning yaratilishi Tohariston ekspeditsiyasi tomonidan Kampirtepada oʻtkazilgan arxeologik tadqiqotlar materiallarini oʻrganishga asoslangan. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi xabar berdi.

Uni yaratish jarayoniga bevosita tarixiy shaharchani tadqiq qilgan arxeolog va tarixchilar jalb qilingan. Arxitekturani modellashtirish Edvard Rtveladze boshchiligidagi arxeologik qazishmalar materiallari va oʻlchamlari asosida qayta tiklangan. Qazib olinmagan qismlar esa oʻsha davrdagi Aleksandriya shaharchasi hududi relyefini oʻrganish asosida yaratildi. Annimatsion videorolikni yaratishda Sanʼat instituti Fanlar akademiyasi direktori Shokir Pidayev, Sanʼat instituti arxitektura boʻlimi ilmiy xodimi Abdumannob Ziyayev, Toshkent arxitektura-qurilish instituti arxitektura tarixi va nazariyasi kafedrasi dotsenti, arxitektura fanlari doktori Shoira Nurmuhammedovalarning hissasi katta boʻldi. Kampirtepa shaharchasi meʼmoriy qiyofasini modellashtirish jarayoni Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi Eduard Rtveladze tomonidan muvofiqlashtirilgan hamda tasdiqlangan. 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?