Aleksandr Lukashenko Toshkentga yetib keldi

18:03 12 Sentyabr 2018 Siyosat
588 0
Arxiv foto

Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko bugun, 12 sentyabr kuni rasmiy tashrif bilan Toshkentga yetib keldi.

Aleksandr Lukashenkoni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov kutib oldi.

Maʻlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko 2018 yil 12-14 sentyabr kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda boʻladi.

Boʻlajak oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralarda ikki tomonlama hamkorlikka doir keng koʻlamli masalalarni muhokama qilish, siyosiy muloqotni, savdo-iqtisodiy, investitsiya, fan va taʻlim, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishning uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlarini belgilab olish rejalashtirilgan.

Oliy darajadagi muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qoʻshma bayonoti, Oʻzbekiston va Belarus oʻrtasidagi koʻp qirrali doʻstona aloqalarga yangi surʻat baxsh etishga qaratilgan salmoqli davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo kelishuvlar va boshqa hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?