Aleks Fergyuson “Manchester Yunayted”ning murabbiylar shtabiga qaytmoqda

10:11 26 Dekabr 2018 Sport
488 0

Arxiv foto

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubining sobiq bosh murabbiyi Ser Aleks Fergyuson mazkur jamoa bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Ole Gunnar Sulsherga maslahat berish uchun jamoaga qaytadi.

Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda. Unga koʻra, 76 yoshli mutaxassis Sulsherga jamoaga chempionlikni qaytarishga yordam berish niyatida.

Fergyuson Joze Mourino ketganidan keyin Sulsherni klubga taklif qilishda faol tarafdor ekanini taʼkidladi. Shuningdek, u sobiq yordamchisi Mayk Filanni ham klubga qaytishga chaqirgan. Shu tariqa Sulsherga 18 dekabr kuni “Manchester Yunayted“ga bosh murabbiy etib tayinlangan edi.

Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtamiz, Ole Gunnar Sulsher 1996 — 2007 yillarda “Manchester Yunayted“ sharafini himoya qilgan. Jamoa bilan olti marta Angliya chempioni boʻlgan, Chempionlar ligasida gʻolib chiqqan.

Ser Aleks Fergyuson esa “Manchester Yunayted“ga 1986 yildan 2013 yilgacha bosh murabbiylik qilib, shu vaqt ichida 38 ta sovrinni qoʻlga kiritgan. Bu Angliya futbolida rekord koʻrsatkich hisoblanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?