“Al-Qoida” yetakchilaridan biri qo‘lga olindi
Liviya milliy armiyasi harbiylari “Al-Qoida” terrorchilik guruhi yetakchilaridan biri Abu Sofiyon bin Kamuni asirga oldi. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar berdi.
Unga ko‘ra terrorchilar rahnamosi Derna shahrida jangarilarga qarshi o‘tkazilgan harbiy operatsiya chog‘ida qo‘lga olingan.
Ma’lumot uchun, 59 yoshli Bin Kamu 1980-yillar o‘rtalarida Liviyani tark etib, Sudan orqali Afg‘onistonga kelgan va “Al-Qoida” jangarilari lagerida tayyorgarlikdan o‘tgan. Usama bin Laden Sudanga kelgan paytda uning shaxsiy haydovchisi va tansoqchisi bo‘lgan. AQSH maxsus kuchlari tomonidan ushlanib, Guantanamo qamoqxonasiga tashlangan. 2007 yilda Liviyaga qamoq jazosini davom ettirishi uchun surgun qilingan. Biroq 2011 yilda Tripolidagi qo‘zg‘olonchilarning namoyishi paytida panjara ortida qochishga muvaffaq bo‘lgan.
TASSning ma’lum qilishicha, Bin Kamu rahbarligida ko‘plab terrorchilik harakatlari amalga oshirilgan. Jumladan, 2012 yilda Bengazidagi AQSH diplomatik vakolatxonasiga uyushtirilgan hujumga ham u boshchilik qilgani aytiladi. O‘shanda to‘rt nafar amerikalik diplomat, jumladan, AQSH elchisi ham o‘ldirilgan edi.
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda yana bir yangi yengil avtomobil ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Narxi 270 mln. soʻmdan boshlanadi (FOTO)
- Erkinjon Turdimov: “Bugun biz xalqimizni tinglashni oʻrganishimiz kerak. Xalqimizning dardiga quloq tutishimiz kerak”
- Mushtariylar uchun ajoyib yangilik!
- Fargʻonada benzinning narxi oʻn ming soʻmga chiqib ketdi. Savdo faqat naqd pulda amalga oshirilmoqda
- “Rossiyskaya gazeta”: “Sharqiy ekspress”. Yoxud Oʻzbekistonda kadrlar siyosati va turizm infratuzilmasi qay ahvolda? Mutasaddilar javob berdi
- Bosh prokuratura Jahongir Ortiqxoʻjayev boʻyicha bayonot berdi
Muhokama qilingan
- Moliya vaziri: “Oldin AQSH dollarini 4000 soʻmdan ham ololmaganmiz, Oloy bozoridagi qora bozordan 8000-8500 ming soʻmdan olganmiz”
- Qoʻyliq bozoridagi yongʻin boʻyicha rasmiy maʼlumot berildi
- Oʻzbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
- Fargʻonadagi mahallada fuqarolar qurt bosgan suv isteʼmol qilmoqda
- 2 nafar IIV xodimi 500 dollar pora bilan qoʻlga tushdi
Afisha
Yuqoridagi suratda buning uchun nima qilish lozimligini tomosha qilishingiz mumkin.
09 Dekabr 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: