Akusher-ginekolog soxta hujjat tayyorlab, chaqaloqni 100 dollarga sotib yuborgani aniqlandi

11:02 10 Aprel 2019 Jamiyat
241 0

Illyustrativ foto

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiyoʻl shahar boʻlimi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tekshirish oʻtkazildi.

Tekshirishda Yangiyoʻl tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli tugʻruq boʻlimi akusher-ginekologi R.X. fuqaro Z.E.ning 01.04.2019 yilda tugʻilgan qiz farzandini goʻyoki oʻldi deb xabar berib, bu haqda hech qanday maʼlumot qayd etmasdan, 100 AQSH dollari evaziga chaqaloqni fuqaro S.M. dunyoga keltirgan deb, uning nomiga tugʻruq haqida soxta hujjatlar rasmiylashtirish orqali sotib yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?