AKT vaziri yangi lavozimga saylandi

18:51 10 Iyul 2018 Jamiyat
674 0
Foto: XPK

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxo‘jayev respublika Avtomobil sporti federatsiyasi prezidenti etib saylandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

“Bugun Milliy Olimpiya qo‘mitasida o‘tkazilgan yig‘ilishda Azim Axmedxo‘jayev O‘zbekiston avtomobil sporti federatsiyasi prezidenti lavozimiga saylandi”, - deyiladi vazirlik xabarida.

Shu kungacha federatsiya rahbari lavozimida Botirxo‘ja Sidiqov faoliyat yuritgan.

Avtomobil sporti federatsiyasi 2004 yildan buyon faoliyat yuritadi. Uning maqsadi — karting, ralli, avtokross va boshqa musobaqalarni tashkillashtirish orqali aholi o‘rtasida sportning ushbu turini ommalashtirish.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?