AKT vazirligi Oʻzbekistonda 5G tarmoqlarini qurish boʻyicha takliflar soʻradi

12:37 10 Iyul 2019 Jamiyat
756 0

AKT Vazirligi Oʻzbekistondagi operatorlar, provayderlar va telekommunikatsiya uskunalari taʼminotchilaridan 5G tarmoqlarini qurish boʻyicha takliflar taqdim etishlarini soʻrab murojaat qildi. Bu haqda matbuot xizmati xabar berdi.

Takliflar quyidagilar kiritilishini nazarda tutadi:

- 5G tarmogʻini qurish boʻyicha sinov sxemasi;

- texnologiyalar va yechimlar taʼminotchilarini qoʻshgan holda, taklif etilayotgan 5G qurilmasi hamda maqsadli oxirgi foydalanuvchilar;

- mavjud zarur resurslar, Oʻzbekistonda 5G demonstratsion loyihasini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tajriba va moliyalashtirish haqida maʼlumotlar;

- biznes-modelni amalga oshirish boʻyicha butun respublika boʻylab keng miqyosda foydalanish variantini qoʻllab-quvvatlash uchun quyidagi yoʻnalishlar kiritilgan holda, takliflar:

- qishloq xoʻjaligi;

- aqlli transport;

- aqlli shahar;

- xavfsiz shahar;

- taʼlim;

- sogʻliqni saqlash;

- sanoat;

- imkoniyati cheklangan insonlar uchun loyihalar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?