Axborot manbalarida bolalar axborot xavfsizligini taʼminlash barchamizning asosiy vazifamiz

18:02 26 Iyun 2019 Jamiyat
185 0

Illyustrativ foto

Jahon tajribasidan maʼlumki, davlat axborot infrastrukturasining rivojlanishi barcha sohalarni, shuningdek, odamlarning dunyoqarashi va ularning ijtimoiy hayotiga jiddiy taʼsir oʻtkazadi. Bugungi kunda axborot texnologiyalari, avtomatlashtirilgan tizimlar va maʼlumotlar bazasi davlat strukturalarini, iqtisodiyotni va mamlakat xavfsizligini boshqarishning ajralmas qismi boʻlib kelmoqda. Shu bois Oʻzbekistonda ham axborot manbalari va zamonaviy texnologiyalarni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan milliy qonunchilik asoslari yaratildi, u davlat axborot infrastrukturasining shakllanishida ijobiy rol oʻynamoqda. Shunga qaramasdan axborotni qabul qilish, qayta ishlash, saqlash va uzatish tizimlaridan foydalanishda himoya va kirishni cheklash vositalaridan minimal holda foydalanilmoqda. Bunda milliy xavfsizlikka taʼsir qiluvchi maʼlumotlarning chiqib ketishi va davlat axborot maydoniga kirib kelish xavfi oʻsib boradi.

Zamonaviy axborot bozorini shakllantirishda axborot xavfsizligi, ayniqsa, bolalarning axborot xavfsizligini taʼminlash muammolari alohida oʻrin egallaydi. Shunday ekan, jamiyatning axborot xavfsizligini taʼminlash davlat va uning vakolatli organlarining asosiy vazifasi boʻlib qolaveradi. Axborot xavfsizligi deganda - shaxs, jamiyat va davlatning xavfli axborotlardan himoyalanganlik holati tushuniladi.

Axborot texnologiyalari turli axborot tarqatish manbasi ekan, bunda axborot xavfsizligini taʼminlash bir tomondan davlatning ushbu sohadagi siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan boʻlsa, jamiyatda bolalarning axborot xavfsizligini taʼminlash ikkinchi asosiy va muhim davlat ustuvor siyosati hisoblanadi.

Bugungi kunda kitob, ommaviy axborot vositalari bilan bir qatorda bolalarga Internet global tarmogʻi behisob va turli mavzudagi axborotlarni jamiyatga, xususan, bolalarga taqdim etib kelmoqda. Axborot bozori salohiyati, xavfli yoki foydaligidan qatʼiy nazar bolalarga tovar sifatida axborotni taklif etmoqda. Bu axborotlar bolalarni yo saodatga yetaklaydi, yoki falokatga duchor qiladi.

Bugungi kunda kitob, ommaviy axborot vositalari bilan bir qatorda bolalarga Internet global tarmogʻi behisob va turli mavzudagi axborotlarni jamiyatga, xususan, bolalarga taqdim etib kelmoqda. Axborot bozori salohiyati, xavfli yoki foydaligidan qatʼiy nazar bolalarga tovar sifatida axborotni taklif etmoqda. Bu axborotlar bolalarni yo saodatga yetaklaydi, yoki falokatga duchor qiladi.

Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, bolalarimizning kitob bilan muloqotda boʻlishi, internet tarmogʻidan axborot olishi, ruhiyatini sogʻlom va bunyodkorlikka undovchi axborotlar bilan mustahkamlab borishida davlat xavfli axborotlarning erkin aylanishining oldini olish, bunda esa mavjud qonunchilikni takomillashtirish, taʼlim tizimini mustahkamlash, bolalarda erkin fikr yuritish va oʻzini qiziqtirgan barcha savollarga javob oladigan muloqot maydonini yanada kengaytirish muhim hisoblanadi.

Dilshod TOSHEV, Toshkent shahar prokurori yordamchisi, III darajali yurist


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?