Akademik litsey oʻquvchilari xalqaro fan olimpiadasida 10ta medalni qoʻlga kiritdi

14:43 16 Yanvar 2019 Jamiyat
231 0

2019 yil 10-15 yanvar kunlari Qozogʻistonning Olmaota shahrida dunyoning 18 davlatidan 540 nafar oʻquvchilar ishtirokida matematika, fizika va informatika fanlaridan Jautikov nomli 15-Xalqaro olimpiada boʻlib oʻtdi.

Oʻquvchilarimiz ushbu nufuzli xalqaro fan olimpiadasida muvaffaqiyatli qatnashib, 1 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza - jami 10 ta medalni qoʻlga kiritishdi.

Buxoro davlat universiteti qoshidagi Qorakoʻl akademik litseyining 3-kurs oʻquvchisi Abbos Sayliyev ushbu nufuzli xalqaro olimpiadada matematika fanidan oltin medalni qoʻlga kiritdi. Elbek Toshpoʻlatov, Jasur Imomov va Rasulbek Ozodov kabi iqtidorli oʻquvchilarimiz esa kumush medalga sazovor boʻlishdi.

Shuningdek, Oʻzbekiston milliy universiteti, Jizzax davlat pedagogika va Samarqand iqtsiodiyot va servis institutlari qoshidagi akademik litsey oʻquvchilari ham olimpiadada faol qatnashib, bronza medaliga ega boʻlishdi.

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?