Aka uyali telefon apparatini talashib ukasining qotiliga aylandi

14:00 21 Avgust 2019 Jamiyat
84 0

Illyustrativ foto

20.08.2019-yil soat 19:30 larda, Olmaliq shahar, Abdulla Qaxxor koʻchasida yashovchi M.A. (1994-y.t.) ukasi A.A. (2001-y.t.) bilan uyali telefon apparatini talashib qolib, oʻzaro kelib chiqqan janjal natijasida oshxona pichogʻi bilan ukasining boʻyin sohasiga bir marotaba sanchib, tan jarohati yetkazgan. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

A.A. otasi tomonidan shifoxonaga olib borilayotgan vaqtda, yoʻlda vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

M.A. tegishli protsessual tartibda ushlangan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?