Aka singlisiga “SMS” yuborgan yigitni urib oʻldirib qoʻydi

12:56 09 Avgust 2020 Jamiyat
537 0

2020-yilning 4-avgust kuni soat 14:00 da Samarqand viloyati Ishtixon tumani “Xalqobod” MFY da 34 yoshli Sh.Y. hamqishlogʻi 27 yoshli N.B.ga telefon qilib chaqirib, singlisi 18 yoshli M.D.ga nima maqsadda SMS xabar joʻnatib tinchligini buzayotganligini soʻrab, yashash uyining orqa tomonida oʻzaro janjallashib qolishib, janjal davomida mushti bilan N.B.ni bosh sohasiga urib tan jarohati yetkazgan.

Natijada N.B. tan jarohati bilan tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan.

Shifokorlar tomonidan koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Ishtixon tuman IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (jabrlanuvchining oʻlimiga olib kelgan qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga koʻra, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Abdulaziz Yoʻldoshev,
(Xalq soʻzi)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?