Aytishlaricha, Jaloliddin Manguberdi seriali 26 qismdan iborat boʻladi. Ammo...

16:02 10 Mart 2020 Madaniyat
300 0

Atigi 31 yil yashagan boʻlsa-da, salmoqli umr kechirgan Sulton Jaloliddin Manguberdi nafaqat oʻzbek xalqi, balki butun dunyo xalqlari uchun alohida eʼtiborli shaxs, davlat arbobi, sarkarda hisoblanadi. Ushbu ulugʻ xalqparvar ajdodimizning mardonavor jasoratlarini ifoda etuvchi tarixiy serial yuzasidan Madaniyat vazirligida respublikaning taniqli olim va tarixchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Unda serial maslahatchilari, yozuvchilar, madaniyat sohasi faollari hamda OAV vakillari ishtirok etmoqda.

Aytishlaricha, Jaloliddin Manguberdi seriali 26 qismdan iborat boʻladi. Ammo...

Tarixdan maʼlumki, Xorazmshohlar davlati katta hududni qamrab olgan. Bugungi Iroq davlatigacha yoyilgan, desak yanglishmaymiz. Demak, filmda oʻsha davrdagi turli millatlar qadriyati, tarixiy-siyosiy ahvoli aks etishi lozim.

- Faqat tarixga murojaat qilsak serialimiz badiiy emas, faqat hujjatli film boʻlib qoladi. — deydi Boboxon Muhammad Sharif, Jaloliddin Manguberdi seriali bosh maslahatchisi. — Shu sabab, film tarixiy-badiiy boʻlishi uchun har tomonlama harakat qilyapmiz. Hozirda birinchi mavsumi suratga olinyapti. U 13 seriayadan iborat. Film umumiy 26 seriyali boʻladi. Ammo kelgusida uni 52 qismga olib chiqishni ham rejalashtirganmiz.

Yulduz Oʻrmonova

“Xalq soʻzi“ onlayn.

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?