Ayrim niqoblarning himoya darajasi nolga teng. Qanday niqoblardan foydalangan maʼqul?

18:17 21 Sentyabr 2020 Dunyo
441 0

Illyustrativ surat

Niqob koronavirus infeksiyasidan himoya qilishi uchun paxtadan emas, sintetik materialdan tayyorlangan boʻlishi kerak.

Ushbu fikrni rossiyalik pulmonolog Ivan Dulub "Minsk-Novosti" agentligiga bergan intervyusida aytib oʻtdi.

“Mato niqoblar zamonaviy, chiroyli, ammo ular paxtadan iborat. Agar ularning COVID-19ga qarshi samaradorligi haqida gapiradigan boʻlsak, himoya darajasi nolga teng”, deydi I. Dulub.

Uning taʼkidlashicha, faqat sunʼiy matodan tayyorlangan niqob koronavirus oʻtishiga yoʻl qoʻymaydi. Bunday niqob maxsus texnologiya yordamida ishlab chiqarilgan, koʻp qatlamli toʻquv boʻlmagan matodan tayyorlanishi kerak. Xususan, tibbiyotda bir marta ishlatiladigan niqoblar ideal variant hisoblanadi. Besh va undan ortiq qatlamli doka niqoblar koronavirus infeksiyasidan oʻrtacha darajada himoya qila oladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?