Ayrim mahallalarda jinoyatlar soni oshgan. Suitsidlar, oʻtkir virusli gepatit va OIV infeksiyasida aziyat chekayotganlar ham koʻpaygan

12:39 01 Mart 2019 Jamiyat
578 0

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

“Xalq soʻzi ONLINE”/Munisxon Karimova. Qashqadaryoda jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida qanday ishlar qilindi?

Viloyat hokimi axborotiga koʻra, hududda 742 ta mahalla fuqarolar yigʻini mavjud boʻlib, oʻtgan yilda shularning 116 tasida jinoyatlar sodir etilishiga yoʻl qoʻyilmagan.

370 ta yoki 49,9 foiz MFYda jinoyatlar kamaygan. 170 ta yoki 22,9 foiz MFYda esa, aksincha, jinoyatlar oshgan, 86 ta yoki 11,6 foiz MFYda jinoyatlar soni tengligicha qolgan. Bundan koʻrinib turibdiki, viloyatning har 3-mahalla fuqarolar yigʻinida jinoyatchilik boʻyicha muammolar hali ham mavjud.

2018 yilning 12 oyi davomida yoshlar tomonidan 972 ta jinoyat sodir etilgan boʻlib, bu viloyatning umumiy jinoyatchiligining 33,3 foizini tashkil qiladi, yaʼni har 3-jinoyat yoshlar tomonidan sodir etilgan.

Yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni turiga ahamiyat beradigan boʻlsak, 230 tasi YTX, 145 tasi oʻgʻirlik, 105 tasi firibgarlik, 175 tasi tan jarohat bilan bogʻliq jinoyatlarni tashkil qildi. Bu jami yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning 67,4 foizidir.

Viloyat boʻyicha jinoyat sodir etgan ishsizlar soni 2 498 nafardan 1 656 nafarga kamaygan boʻlsa-da, jinoyat sodir etgan 1 182 nafar yoshning 780 nafari yoki 66 foizini ishlamaydigan va oʻqimaydigan shaxslar tashkil etgan. Viloyat boʻyicha ishsizlarning 47,1 foizini yoshlar tashkil qiladi.

Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 61 ta yoki 61,6 foiz kamaygan.

Shu kunga qadar 87 226 nafar fuqaro, jumladan, 80 308 nafar erkak va 6 918 nafar ayol uzoq muddatga chiqib ketib, umuman qaytib kelmagan.

Doimiy yashash manzilidan uzoq muddatga chiqib ketgan fuqarolarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi DXX-IIVning “TOʻSIQ” (“Pregrada”) shartli nomli qoʻshma rejasi asosida uzoq muddatga chiqib ketgan shaxslar boʻyicha “UMKSH” AEM bazasiga jami 326 804 nafar fuqaro toʻgʻrisida maʼlumotlar kiritilgan.

2018 yilda xorijiy davlatlarda boʻlish qoidalarini buzganligi sababli deportatsiya boʻlib qaytgan 161 nafar shaxs aniqlangan.

2019 yil 1 yanvar holatida 87 226 nafar (6 918 nafar xotin-qiz) viloyat aholisi doimiy yashash manzillaridan chet elga chiqib ketganligi aniqlangan.

Xorijga chiqib ketgan fuqarolarning 76097 nafari Rossiya, 9 154 nafari Qozogʻiston, 231 nafari Turkiya, 624 nafari Koreya Respublikasi, 165 nafari AQSH, 104 nafari Yevropa, 50 nafari Ukraina hamda 747 nafari boshqa davlatlar hisobiga toʻgʻri kelmoqda. Ushbu fuqarolarning olib borayotgan mehnat faoliyati boʻyicha tahlil qilinganda, 4 422 nafari sanoat sohasida, 52666 nafari qurilish sohasida, 14 993 nafari xizmat koʻrsatish sohasida, 14 991 nafari boshqa sohalarda ishlayotgani va 154 nafari oʻqishga kirganligi aniqlangan.

Viloyatda 2018 yilda davomida odam savdosi bilan bogʻliq jami 5 ta (8) jinoiy holat aniqlandi. Ushbu jinoyatlar boʻyicha aniqlangan jinoyatchilar soni 6 nafarni (12), jabrlanganlar soni esa 5 nafarni (24) tashkil etdi.

Oʻz joniga qasd qilish holatlari umumiy hisobda 12 taga oshgan, shundan ayollar tomonidan 11 taga, erkaklar tomonidan 1 taga oshgan.

2017 yil davomida 604 nafar va 2018 yil davomida 551 nafar goʻdaklar oʻlimi sodir boʻlgan.

Qashqadaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonalari va boʻlimlarida oʻtkir virusli gepatit “A” kasalligi bilan kasallanish koʻrsatkichi 2017 yilga nisbatan 1 424 taga yoki 18 foiz oshgan.

Viloyat aholisini oʻtkir virusli gepatit “V” kasalligi bilan kasallanish 2017 yilga nisbatan 8 nafarga yoki 7,5 foizga oshgan.

Shuningdek, viloyat aholisini oʻtkir virusli gepatit “S” kasalligi bilan kasallanish 2017 yilga nisbatan 24 nafarga (45 foiz) oshgan.

2018 yilning 1 yanvar holatiga 1 285 nafar shaxs ushbu infeksiya bilan yashagan boʻlsa, 2019 yilning 1 yanvar holatiga 1 412 nafar shaxs OIV infeksiyasi bilan yashayotganligi maʼlum boʻldi.

Shuningdek, 2017 yilda OIV infeksiyasiga laboratoriya usulida tekshirilgan shaxslar soni viloyat boʻyicha 2017 yilga nisbatan joriy yilda 28 477 nafarga yoki 18 foiz oshdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?