Aholining yashash sharoitini yaxshilash boʻyicha ”QQB” qanday ishlarni amalga oshirmoqda?

15:39 02 May 2019 Iqtisodiyot
401 0

2019 yil 1 may kuni Oʻzbekiston Milliy matbuot markazida “ATB “Qishloq qurilish bank” tomonidan investitsiyalar faol jalb qilish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi. Unda ommaviy axborot vositalari vakillariga bankning kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashdagi ishtiroki, bu yoʻnalishda erishilayotgan natijalar va galdagi vazifalar boʻyicha maʼlumotlar berildi.

ATB “Qishloq qurilish bank” tomonidan 2019 yil 1 choragi davomida kichik biznes subyektlarini moliyaviy qoʻllab‑quvvatlash maqsadida 330,7 mlrd. soʻmdan ortiq kreditlar ajratildi.

Bank filiallari tomonidan 2019 yil 3 oyi mobaynida aholining faol qismiga oʻz biznesini tashkil etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida ajratilgan mikrokreditlar miqdori 69,9 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida ayollarning toʻlaqonli ishtirokini taʼminlash, tadbirkor ayollarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida ajratilgan kreditlar miqdori 12,0 mlrd. soʻmni tashkil etdi. Xizmat koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirish uchun ajratilgan kreditlar 68,8 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

Aholini tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida ATB “Qishloq qurilish bank” tomonidan 6 589 ta fuqaroga jami 150,3 mlrd. soʻm miqdorida imtiyozli mikrokreditlar ajratildi.

2018 yil 4-choragi davomida 3673,9 mln. soʻm miqdorida overdraft, mikroqarz va isteʼmol kreditlar ajratilgan boʻlsa, 2019 yil 1-choragida

11 178,7 mln. soʻm miqdorida kreditlar ajratildi.

Joriy yilning 1 choragi davomida bank filiallari tomonidan jismoniy shaxslarga 299 ta jami 27,2 mlrd.soʻmlik avtokreditlar ajratildi.

Bundan tashqari aholini yashash sharoitini yaxshilash maqsadida 2019 yil 3 oyi mobaynida 3 779 ta fuqaroga 38,5 mlrd.soʻmdan ortiq isteʼmol kreditlari ajratildi.

Tadbirda kichik biznes subyektlarini moliyalashtirish yoʻnalishida xorijiy moliya institutlari mablagʻlari hisobidan ajratilayotgan kreditlar haqida ham maʼlumot berildi. 

Xususan, Jahon banki guruhiga kiruvchi Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining chorvachilik va meva-sabzavotchilik yoʻnalishidagi jami 34,0 mln. AQSH dollari miqdoridagi kredit liniyalari toʻliq oʻzlashtirilishiga erishildi.

Xitoyning Eksport-import banki tomonidan ajratilgan 20,0 mln. AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlar istiqbolli loyihalarni moliyalashtirishga yoʻnaltirildi.

Bank mijozlarining qisqa muddatli kreditlarga boʻlgan talabini qondirish maqsadida Rossiyaning AK-BARS bankining savdoni moliyalashtirish yoʻnalishidagi 2,3 mln. AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlaridan foydalanildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?