Aholiga koʻchatlar taqdim etildi

10:54 18 Aprel 2020 Jamiyat
233 0

Kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi Oral Ataniyazova tashabbusi bilan tomorqalarda bogʻdorchilik va rivojlantirish dasturini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xojeyli tumani Berdax koʻchasida daraxt va gullar oʻtqazildi.

Senator O.Ataniyazova aholiga 100 tup archa va 400 dona atirgul koʻchatlarini tuhfa qildi. Bundan tashqari, bugungi murakkab vaziyatda koʻrilayotgan choralar, qolaversa, tomorqa yerlaridan unumli foydalanishning ijobiy samarasi va bu borada berilayotgan imkoniyatlar xususida tushuntirish berdi. Shu maqsadda har bir xonadonga 50 donadan pomidor koʻchatlari taqdim etildi.

“Agar deputat bir koʻchani vasiylikka olsa, shundagina ijobiy natijaga erishiladi, menimcha. Bu albatta, aholiga biror narsa berish zarur degani emas. Saylovchilar bilan muntazam suhbatlashish, dardini tinglash ham ularga katta madad beradi. Shuningdek, mamlakatimizda har bir oilaning farovonligi va xavfsizligini taʼminlash uchun amalga oshirilayotgan islohotlarni yetkazish maqsadga muvofiq”, dedi senator O.Ataniyazova.

Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining
Axborot xizmati

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?