Aholi salomatligini ta’minlash mas’uliyati

15:02 12 May 2018 Jamiyat
405 0
Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati

Ma’lumki, har yili 12 may — Xalqaro hamshiralar kuni sifatida butun dunyoda keng nishonlanadi. Mamlakatimizda esa ushbu sana avvalgi yillardagidan farqli o‘laroq, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan “Salomatlik — inson huquqi, uni ta’minlashda hamshiralarning o‘rni va istiqboli” shiori ostida o‘tkazilmoqda.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda soha xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida o‘tkazilayotgan ilmiy-amaliy seminar ham aynan shu mavzuga bag‘ishlandi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tizimda izchil amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar, yangiliklar va bunda tibbiyot hamshiralarining o‘rni hamda vazifasi haqida fikr bildirdi.

Tadbir doirasida ishtirokchilarning Toshkent shahri va viloyatida joylashgan tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolar, shuningdek, mustaqillik yillarida bunyod etilgan zamonaviy inshootlarga sayohatini tashkil etish ham ko‘zda tutilgan.

M. XOLMATOVA.
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?